Bugun 5 iyul, 2024 yil, juma

КИР

Qatarning “Ta’lim hamma narsadan ustun” jamg‘armasi O‘zbekistonga e’tibor qaratdi

Qatarning “Ta’lim hamma narsadan ustun” jamg‘armasi O‘zbekistonga e’tibor qaratdi

Joriy yil 20 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida yurtimizda texnika yo‘nalishida o‘qitish samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot jarayonini ilg‘or tajriba asosida tubdan o‘zgartirish, sohani rivojlantirish uchun yangi tashabbuslar ilgari surish zarurligi ta’kidlangan edi. Ayni vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qatardagi elchimiz Ashraf Xodjayev Doha ilm-fan va texnologiya universitetiga tashrif buyurib, jamoa rahbari, doktor Salim An-Naimiy bilan uchrashdi.

Muloqot davomida akademik hamkorlik, talabalar, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma tadqiqot loyihalari, xususan, IT va neft-gaz muhandisligi bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Yurtimizda Doha fan va texnologiya universiteti dasturlari asosida kasb-hunar ta’limi va trening tashkil qilish imkoniyati ko‘rib chiqildi.

A.Xodjayev “Ta’lim hamma narsadan ustun” jamg‘armasi bosh ijrochi direktori Fahod As-Sulaitiy bilan ham uchrashdi.

– As-Sulaitiy bilan hamkorlikning hozirgi holati va istiqbolini muhokama qildik, – dedi diplomat. – U ta’lim sohasidagi ustuvor loyihalarimizga konstruktiv munosabat bildirib, qo‘llab-quvvatladi.

Kiritildi: 23:21 28.06.2024. O'qildi: 823 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!