Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Qatar nega boshqa arab davlatlarining tanqidiga uchradi?

A A A
Qatar nega boshqa arab davlatlarining tanqidiga uchradi?

Qatarning Turkiyaga 15 milliard dollar sarmoya kiritish haqidagi qarori Misr, Saudiya Arabistoni va BAA  matbuotida tanqidlarga sabab bo‘ldi.

Jumladan, BAAda chop etiluvchi “Al-Ittihod” gazetasi “Qatar amiri Tamim xalqining 15 milliard dollar puli bilan Turkiyani mamnun qilishga urinmoqda”, deya yozdi. Nashrning ta’kidlashicha, Qatar avvaliga Turkiya iqtisodiyotidagi kuchsizlanishga jim qarab turdi, biroq Turkiyada Qatarning “nonko‘rligi” haqida gap-so‘zlar boshlanganidan keyin zudlik bilan harakatga tushdi. “Al-Ittihod” Qatarning Turkiya iqtisodiyotiga 15 milliard dollar sarmoya kiritishini AQShga qarshi chiqish deb baholadi.

Eslatib o‘tamiz, ikki yil avval Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Qatarga qarshi qamal e’lon qilganida, Turkiya Qatarni qo‘llab-quvvatlagan edi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 18:03 17.08.2018. O'qildi: 1558 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik