Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Qatar bosh vaziri mamlakat Trampga Boeing 747-8 ni sovg‘a qilmasligini aytdi

Qatar bosh vaziri mamlakat Trampga Boeing 747-8 ni sovg‘a qilmasligini aytdi

Qatar AQSh prezidenti Donald Trampga Boeing 747-8 samolyotini sovg‘a qilishni rejalashtirmayapti, biroq samolyotni rasmiy hukumatlararo darajada topshirish masalasini muhokama qilmoqda.

Bu haqda Qatar bosh vaziri Muhammad bin Abdulrahmon bin Josim Ol Soniy CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Bu juda oddiy hukumatlararo kelishuv. Qatar Mudofaa vazirligi va AQSh Mudofaa vazirligi 747-8 samolyotlarimizdan birini Air Force One sifatida foydalanishga topshirish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu masala huquqiy ekspertiza bosqichida", - dedi Al Tani.

Shu bilan birga, Al Tani samolyotni topshirish taklifi "noqonuniy deb topilsa" qaytarib olinishini ta’kidladi.

Avvalroq ABC News manbalariga tayanib, AQSh ma’muriyati uchar saroy deb ataladigan, taxminan 400 million dollarlik samolyotni qabul qilishga tayyorlanayotgani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: Bugun 09:23. O'qildi: 475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!