Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Qashqadaryoga 18 ta 25 tonnalik maxsus suv tashuvchi texnika keltirildi

Qashqadaryoga 18 ta 25 tonnalik maxsus suv tashuvchi texnika keltirildi

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan viloyatning olis tumanlariga ikkitadan qolganlariga bittadan jami 18 ta 25 tonnalik “SHACMAN” rusumli maxsus suv tashuvchi avtomashinalarning ajratilishi uzoq qishloqlarda yashovchi aholining bu boradagi muammolarini yengillashtirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Kuni kecha viloyat hokimi boshchiligida ushbu texnikalarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xususan, tadbir davomida Qamashi tumanining Elobod, Oqdaxana va Qiziltepa mahalla fuqarolar yig‘inlari uchun ikkita maxsus avtomashina ajratildi. Ushbu qishloqlar tuman markazidan 57 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, aholining ichimlik suviga bo‘lgan talabi yuqori hisoblanadi.

“Qashqadaryo suv ta’minoti” MCHJ axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, Dehqonobod, Mirishkor, G‘uzor, Qamashi, Koson, Muborak va Kasbi tumanlariga ikkitadan, Qarshi shahri, Qarshi, Chiroqchi va Nishon tumanlariga bittadan mana shunday texnikalar ajratilgan. Ushbu texnikalar yuqorida qayd etilgan tumanlardagi 25 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga xizmat ko‘rsatadi.

Kiritildi: 15:31 27.07.2021. O'qildi: 2242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!