Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Qashqadaryoga 14 yil oldin o‘lgan fuqaroga katta miqdorda jarima yozildi

Qashqadaryoga 14 yil oldin o‘lgan fuqaroga katta miqdorda jarima yozildi

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Mesit qishlog‘ida yashovchi fuqaro Bodom Shodiyeva tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, 2003 yilda vafot etgan marhum turmush o‘rtog‘i Elmurod Do‘satov nomiga o‘limidan o‘n to‘rt yil o‘tib tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilganligi va marhumga nisbatan 44 044 294 so‘m jarima qo‘llanilganligini ma’lum qilgan. Bu haqda Xalq so‘zi xabar qildi.

Murojaat o‘rganilganda, tuman elektr ta’minoti korxonasi nazoratchilari tomonidan marhum E. Do‘satov nomiga dalolatnoma yozilib, jarima summasi esa B.Shodiyevaga tegishli bo‘lgan xonadonga ochilgan 0410456 raqamli abonent raqamiga kiritilganligi aniqlandi. Biroq, o‘rganish jarayonida ushbu dalolatnomani elektr ta’minoti korxonasi mas’ullari topib berisha olmadi.

Bundan ko‘rinadiki, sobiq nazoratchilar xonadonga bormasdan, u yerda yashovchilar bilan uchrashmasdan, guvohlarsiz dalolatnoma rasmiylashtirishgan va jarima hisoblashgan.

O‘zbekiston Fuqarolik kodeksining 351-moddasida Agar majburiyatni qarzdorning shaxsiy ishtirokisiz bajarish mumkin bo‘lmasa yoki majburiyat boshqacha tarzda qarzdorning shaxsi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsa, qarzdor vafot etishi bilan majburiyat bekor bo‘ladi deb belgilab qo‘yilgan.

Kodeksning mazkur moddasi talablaridan kelib chiqib, Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari AJga marhumning zimmasidagi qarzdorlikni uning hisobidan chiqarish yuzasidan ma’lumot kiritilib, Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limiga tegishli hujjatlar taqdim etildi. Marhum E.Do‘satov qarz yukidan xalos bo‘ldi.

Kiritildi: 15:32 15.05.2019. O'qildi: 2588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!