Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Qashqadaryoda yoqqan kuchli yomg‘ir va do‘l qishloq yo‘llarini vayron qildi

Qashqadaryoda yoqqan kuchli yomg‘ir va do‘l qishloq yo‘llarini vayron qildi

Qashqadaryo viloyatining tog‘li hududlariga sel keldi. Tungi soat ikkilarda yomg‘ir yog‘ib, do‘lga aylangan. Har biri dovuchchaday keladigan do‘l bir pastda hamma joyni suvga to‘ldirgan.

Odamlarning aytishicha, yog‘ingarchilik taxminan 40 daqiqa davom etgan. Agar u uzoqroq davom etganda yig‘ilgan suvni boshqarishning iloji bo‘lmasligi mumkin edi. Faqatgina yomg‘ir va do‘l hisobiga hovlilar suvga to‘lib, uylarning ichigacha kirib ketgani aytilmoqda. Suvni tortib olishga nasoslar ulgurmagan.

Sel suvi ariqlardan toshib, qishloq yo‘llarini vayron qilgan. Mevali daraxtlar hosilini to‘kib tashlagan.

Kiritildi: 16:36 05.04.2019. O'qildi: 2564 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!