Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qashqadaryoda tug‘ruqqa tayyorlash bo‘limida yerga yotqizilgan bemorlar bo‘yicha rasmiy izoh berildi

Qashqadaryoda tug‘ruqqa tayyorlash bo‘limida yerga yotqizilgan bemorlar bo‘yicha rasmiy izoh berildi

Ijtimoiy tarmoq larda Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi tug‘ruqqa tayyorlash bo‘limidagi sharoitlar talabga javob bermasligi, joy yetishmasligi sababli bemorlar yerga yotqizilganligi qayd etilgan video murojaat tarqaldi.

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi:

Ta’kidlanishicha, tug‘ruqqa tayyorlash bo‘limi 20 o‘rinli bo‘lib, hozirgi vaqtda Chiroqchi va Ko‘kdala tumanlari aholisiga xizmat qiladi. Shifoxona binosi 2014 yilda kapital rekonstruksiya qilingan. Oxirgi marotaba 2019 yilda homiylar mablag‘i orqali joriy ta’mirlangan.

Videomurojaatda aks etgan yerda yotgan odamlar bemorlardan xabar olishga kelgan yaqinlari ekanligi, ular tibbiyot xodimlari ruxsatisiz xonada yotib qolganligi aniqlangan. Qayd etilishicha, ayni paytda mazkur bo‘limda 16 nafar bemor yotib davolanmoqda, 4 ta bo‘sh o‘rin mavjud.

Murojaatda keltirilgan ovqatlanish, kiyinish, muolaja va boshqa xonalardagi jihozlar, eshik va romlar bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilgan.

Bo‘limda mavjud 20 o‘rin uchun yetarli miqdorda yangi to‘shak, yostiq, ko‘rpa va choyshablar mavjud. Belgilangan sanitariya me’yorlariga ko‘ra muolaja xonasida bemor yotqizilmaydi hamda to‘shak to‘shalmaydi.

Tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi tug‘ruqxona bo‘limida oxirgi 10 kun ichida qo‘shni Ko‘kdala tumanidan kelgan 137 nafar bemor yotib, davolangan. Shu sababli tug‘ruqxonaga qo‘shimcha 20 o‘ringa mo‘ljallangan krovatlar va yumshoq jihozlar berilgan.

Kiritildi: 13:57 14.08.2022. O'qildi: 2023 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!