Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qashqadaryoda tug‘ilgan 3 egizak qizga Mirziyoyev oila a’zolarining ismi qo‘yildi

Qashqadaryoda tug‘ilgan 3 egizak qizga Mirziyoyev oila a’zolarining ismi qo‘yildi

Yakkabog‘ tumani G‘ozliq mahallasi Qo‘tontepa qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Muslimbek Xazratov va Navbahor Dushayeva oilasida 3 nafar egizak qizaloqlar dunyoga keldi.

Bu haqda «Nasafnews»ga qizaloqlarning bobosi Shodiyor Safarov ma’lum qildi.

Shodiyor Safarovning aytishicha, egizaklar 31 avgust kuni Toshkent shahridagi Perinatal markazda tug‘ilgan.

E’tiborlisi, ularga Prezident Shavkat Mirziyoyevning oila a’zolari – rafiqasi Ziroatxon, qizlari Shahnozaxon va Saidaxonning ismi qo‘yilgan.

Muxbir bilan suhbatlashgan Shodiyor Safarovning aytishicha, bu borada Prezidentga xat yozib, ulardan rozilik ham olingan.

Kiritildi: 14:07 03.09.2021. O'qildi: 4468 marta. Fikrlar soni: 15 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!