Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qashqadaryoda sotuvchi 50 ming uchun xaridorni urib o‘ldirib qo‘ydi

Qashqadaryoda sotuvchi 50 ming uchun xaridorni urib o‘ldirib qo‘ydi

Qashqadaryo. 2020 yil 16 iyun kuni taxminan soat 10:20 da Qamashi tumani “Iftixor” ko‘chasida joylashgan “Hunarmand” savdo majmuasidagi do‘koni xodimi fuqaro A.L., 2020 yil 27 aprel kuni “REDMI 8A” rusumli uyali telefon apparatini 1 mln. 600 ming so‘mga sotib olib, shundan to‘lanmay qolgan 250.000 so‘m qarzini berish maqsadida do‘konga kelgan E.S.,dan 300.000 so‘m berishini talab qilib, u bilan o‘zaro janjallashib, do‘kon tashqarisiga chiqib, yuzi va bosh qismiga mushti bilan bir necha marotaba urishi natijasida u yerga bosh qismi bilan yiqilib, tan jarohati olib tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

O‘zbeksiton Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentiga ko‘ra, sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, E.S., bosh miyaning yopiq jarohati, ensa suyagining chiziqli sinishi va boshqa ko‘rinishdagi hayot uchun xavfli bo‘lgan “og‘ir” tan jarohati olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qamashi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.L.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan.

Eslatma: Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs 8-10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutilgan.

 

Kiritildi: 14:25 22.06.2020. O'qildi: 6888 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!