Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Qashqadaryoda karantinga yopilgan bozorlar qachon ochiladi?

Qashqadaryoda karantinga yopilgan bozorlar qachon ochiladi?

Viloyatimizda faoliyati to‘xtatilgan dehqon bozorlari, shuningdek, buyum bozorlariga ruxsat beriladi. Bu haqda Viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Karantin qoidalariga amal qilmasdan faoliyat yuritgan 7 ta dehqon bozori karantin tadbirlarini amalga oshirish uchun yopilgan edi.

Ushbu bozorlarda karantin talablari qat’iy yo‘lga qo‘yilgan holda ertadan faoliyat yuritishiga ruxsat beriladi.

Shuningdek, shahar va tumanlarimizdagi mavjud buyum bozorlari ham qat’iy karantin qoidalariga amal qilinishi bo‘yicha mahalliy hokimlarning viloyat maxsus komissiyasiga taqdim etgan kafolat xati bilangina 15 iyundan ochilishiga ruxsat etiladi.

15 iyundan faoliyatiga ruxsat beriladigan umumiy ovqatlanish ob’ektlarini karantin qoidalariga amal qilish holatlari doimiy tarzda komissiya nazoratida bo‘ladi.

 

Kiritildi: 20:12 05.06.2020. O'qildi: 3261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!