Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Qashqadaryoda «jihodchilar» oqimi g‘oyalarini targ‘ib qilgan ikki erkak va bir ayol ushlandi

Qashqadaryoda «jihodchilar» oqimi g‘oyalarini targ‘ib qilgan ikki erkak va bir ayol ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish doirasida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Xususan, Kitob tumanida yashovchi, 1998 y.t. Q.T. 2020-2021 yillar davomida Rossiya Federasiyasida ishlashi davrida ijtimoiy tarmoqlar orqali “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimi a’zolari ta’siriga tushib, ularni qo‘llab-quvvatlaydi. Doimiy yashash manziliga qaytib kelganidan keyin esa o‘z atrofidagilarga ushbu oqim g‘oyalarini targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, u internet orqali Suriyadagi jangarilar bilan aloqa o‘rnatib, ularning yo‘l-yo‘riqlari hamda qo‘rsatmalari asosida “RF-Turkiya” yo‘nalishi orqali ularning safiga borib qo‘shilishni rejalashtirganligi aniqlandi va oldi olindi.

Hozirda Q.T.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida, uning aloqalarini aniqlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Qarshi tumanida yashovchi, 1985 y.t. R.S. 2021 yilda Saudiya Arabistonida ishlashi davrida “Jihodchilar” DEO a’zolari ta’siriga tushgan hamda ular bilan aloqa o‘rnatib, oqim g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlagan.

Yashash manziliga qaytganidan keyin ham o‘z yaqinlari orasida hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali DEO g‘oyalari targ‘iboti bilan shug‘ullangan.

Hozirda R.S.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 2441 -moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, insonparvarlik tamoyili asosida “tilxat” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Qarshi shahrida yashovchi, 1993 y.t. J.M. ijtimoiy tarmoqlar orqali “Jihodchilar” DEO a’zolari ta’siriga tushib, “Telegram” messenjerida guruh va kanal tashkil qilgan hamda ular orqali ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudi hukmiga ko‘ra, yolg‘iz onaligi va 9 oylik farzandi borligi hisobga olinib, unga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 12:45 14.07.2022. O'qildi: 2773 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!