Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qashqadaryoda haydovchi avtomobilini jarima maydonidan chiqarish uchun pora taklif qildi

Qashqadaryoda haydovchi avtomobilini  jarima maydonidan chiqarish uchun pora taklif qildi

Joriy yilning 17 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanida YPX xodimi tomonidan haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan N.Q. boshqaruvidagi "Matiz" rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, haydovchi N.Q. mast holatda ekanligi aniqlangan va unga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

Shundan so‘ng, joriy yilning 20 sentyabr kuni haydovchi Shahrisabz tumani IIB YHXB boshlig‘i SH.Otaqulovning yoniga kelib, ma’muriy bayonnomani bekor qilish va jarima maydonida turgan avtomobilini chiqarib berish evaziga 300 (uch yuz) AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora sifatida taklif qilgan.

Holat yuzasidan SH.Otaqulov viloyat IIB boshlig‘i nomiga bildirgi orqali murojaat qilgan.

Xodimning bildirgisiga asosan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida haydovchi N.Q. tuman IIB YHXB boshlig‘i SH.Otaqulovga 300 (uch yuz) AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtda ushlangan.

Kiritildi: 01:09 19.10.2021. O'qildi: 1692 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!