Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qashqadaryoda fuqaro hamqishlog‘ini pichoqladi

A A A
Qashqadaryoda fuqaro hamqishlog‘ini pichoqladi

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida shu yil 7 dekabr kuni Yashnobod MFYda yashovchi, O.U. uyi oldida o‘zaro janjal oqibatida hamqishlog‘i E.B.ning qorin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada E.B. kasalxonaga yotqizilgan. O.U. ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 15:46 09.12.2018. O'qildi: 1384 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik