Bugun 14 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

Qashqadaryoda dam soluvchi domla bemor ayoldan 11 marta yaqin aloqada bo‘lishni talab qildi

Qashqadaryoda dam soluvchi domla bemor ayoldan 11 marta yaqin aloqada bo‘lishni talab qildi

2024 yil 5 dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudida 1981 yilda tug‘ilgan huquqbuzar o‘zining yashash xonadonida jabrlanuvchi ayolga har xil behayo so‘zlarni gapirib, unga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgani sabab unga jazo tayinlandi. Bu haqda Oliy sud portalida ma’lumot keltirilgan, deb yozadi gazeta.uz.

Sud hujjatlarida keltirilishicha, ayol betobligi sababli N.S.ning oldiga olib borib, duo o‘qib qo‘yishini so‘ragan. N.S. ayolga uning kasali og‘ir ekani, bunga qarshi duo o‘qib qo‘yish evaziga 50 mln so‘m pul so‘ragan. Bundan tashqari, suhbat davomida ayolning turmush o‘rtog‘i haqida ham gapirib, boshqa qizlar duo qilib olganligini aytib ishontirgan. Buning oldini olish maqsadida unga Toshkent shahridan uy sotib olish uchun turmush o‘rtog‘i yig‘ib yurgan barcha pullarni berishni talab qilgan.

Ayol uning shartlariga rozi bo‘lmagan. Shunda, N.S. ayolga 11 marotaba jinsiy yaqinlik qilish shartini berib, bunga majburlagan.

Huquqbuzar S.N. sud majlisida 2024 yil 17 aprel kuni yashash uyiga mijozlarni qabul qilish xonasida, unga oldindan notanish bo‘lgan bir ayol kelib, o‘zini Jovli folchining xotiniman deb tanishtirganligini, oilaviy masalasida murojaat qilgan. Turmush o‘rtog‘i u bilan birga yashamayotganligini, u bilan birga yotmasligini aytib, unga turmush o‘rtog‘ini qaytarma qilib berishini so‘ragan.

Shunda ushbu masalasi bo‘yicha unga yordam berishini “erining jinsiy a’zosini sug‘irib oyog‘ini ostiga tashlashini va eri oldidan ketolmasligini majoziy ma’noda” aytib tatarcha va yevreycha usulda o‘qishi evaziga 500-1000 AQSh dollar mablag‘i berishini aytib xazil tariqasida talab qilgan.

Huquqbuzar ayolga nisbatan haqiqatda shilqimlik qilganligi, oilaviy sharoitini inobatga olib, suddan qonuniy yengillik berishni so‘radi.

Sud qarori bilan N.S. MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi bilan huquqbuzar deb topilgan va shu modda bilan unga besh sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Kiritildi: 10:12 06.12.2024. O'qildi: 9217 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!