Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Qashqadaryoda 34 yoshli ayolga jarohat yetkazib, qochib ketgan erkak qidirilmoqda

Qashqadaryoda 34 yoshli ayolga jarohat yetkazib, qochib ketgan erkak qidirilmoqda

2019 yil 18 avgust kuni soat 15:05larda noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Termiz” yo‘lida haydab ketayotib, Kitob tumanida yashovchi piyoda 34 yoshli U.M. ismli ayolni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan. Natijada U.M. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi yozmoqda.

Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kiritildi: 13:29 20.08.2019. O'qildi: 1159 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!