Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Qashqadaryo IIB 4 kishi halok bo‘lgan avtofalokat yuzasidan ma’lumot berdi

Qashqadaryo IIB 4 kishi halok bo‘lgan avtofalokat yuzasidan ma’lumot berdi

2022 yil 19 mart kuni soat taxminan 08:00 larda Mirishkor tumani, Jenov qishlog‘ida yashovchi N.D. boshqaruvida bo‘lgan “Lasetti” avtomashinasi bilan “Qarshi-Beshkent-Kasbi-Koson 4R90” yo‘nalishida harakatlanib kelib, Qarshi tumani Shirkent qishlog‘i yo‘lining 20 km.da, shu yo‘nalishida fuqaro R.Z. boshqarib ketayotgan “Neksiya-3” avtomashinasi quvib o‘tmoqchi bo‘lib mazkur avtomashinaning chap tomoniga to‘qnashib yo‘lning o‘ng chet pasti qismidagi daraxtlariga borib urilib, yo‘l transport xodisasini sodir qilgan.

Natijada “Lasetti” avtomashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan R.Fa., R.S., R.Fe. va E.R.lar tan jarohati olib, vafot etganlar. “Neksiya-3” avtomashinasida bo‘lgan yo‘lovchi J.M va “Lasetti” avtomashinasi haydovchisi D.N.lar tan jarohatlari bilan shifoxonaga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodikesning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:44 22.03.2022. O'qildi: 6603 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!