Farmonga ko‘ra, 2030 yil 1 yanvargacha qarzdorlik evaziga banklar va investisiya kompaniyalari balansiga o‘tgan ko‘chmas mulklar bo‘yicha soliq imtiyozlari beriladi.
▫️ Banklar mulkni balansiga olganidan keyin 6 oy, investisiya kompaniyalari esa 12 oy davomida mol-mulk va yer soliqlaridan ozod etiladi.
▫️ Mulkni to‘liq to‘lov asosida sotib olgan xaridorlarga ham 12 oy davomida ushbu soliq imtiyozi beriladi.
▫️ Mulk qarzdorlik evaziga bankka ixtiyoriy topshirilganda, yuridik shaxs QQS to‘lashdan ozod qilinadi.
▫️ Bank balansidagi mulk 1 yildan ortiq muddatga bo‘lib-bo‘lib sotilsa, QQS faqat sotish va balans qiymati o‘rtasidagi ijobiy farqdan hisoblanadi.
Shuningdek, davlat ishtirokidagi banklarga qarzdorlik evaziga olingan mulkni bozor qiymatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish, kredit, bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoki lizing asosida realizasiya qilishga ruxsat beriladi.
Agar banklarning Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshirgan mulklari 1 yil ichida sotilmasa, ular banklarga qaytariladi.