Qonun ustuvor bo‘lgan jamiyatda hech kim qarzdan qochib qutula olmaydi. Bu haqiqatni yana bir bor Yozevon tumanidagi navbatdagi ijro harakatlari amalda isbotladi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 2024 yil 28 noyabrdagi hal qiluv qaroriga asosan, qarzdor fuqarodan “APEX INSURANCE” AJ foydasiga 102,4 million so‘m undirish belgilangan edi.
Mazkur ijro hujjati asosida Majburiy ijro byurosining Yozevon tuman bo‘limi tomonidan qonun doirasida barcha zarur choralar ko‘rildi.
⏳ Ixtiyoriy to‘lash imkoniyati berildi
Qarzdorga nisbatan avvalo qonun talabiga muvofiq:
ijro ishi qo‘zg‘atildi,qarzni ixtiyoriy ravishda to‘lash uchun muddat berildi,
rasmiy ogohlantirildi,tushuntirish ishlari olib borildi.
Biroq barcha imkoniyatlarga qaramasdan, belgilangan muddat ichida qarzdorlik bartaraf etilmadi.
🔒 Majburiy chora qo‘llanildi
Shundan so‘ng, qonun talabiga muvofiq, qarzdorga tegishli:
➡️ “COBALT” rusumli avtomashina xatlandi,
➡️ maxsus jarima maydoniga joylashtirildi.
✔️Hozirgi kunda avtomashina belgilangan tartibda baholanib, qonuniy asosda auksion savdosiga chiqarildi. Undirilgan mablag‘ qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi.