Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Qarshovultepaning sirli topilmalari.

A A A
Qarshovultepaning sirli topilmalari.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida Qarshovultepa ekspedisiyasi natijalari asosida topilgan arxeologik topilmalar ko‘rgazmasi ochildi.

Ko‘rgazmada mazkur yodgorlik majmuasidan topilgan 100 dan ortiq arxeologik topilmalar namoyish etilmoqda. Ekspozisiyaga qo‘yilgan buyumlar orasida ko‘plab sopol idishlarni ko‘rish mumkin. Qarshovultepa yodgorlik majmuasi Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi “Do‘stlik” fermer xo‘jaligi hududida joylashgan.

Yodgorlik majmuasidan topilayotgan vumizmatik va boshqa topilmalar eramizning VI-VIII asrlarida Qarshovultepada yashagan aholining hayotini tasvirlab beradi. II-III asrlarga tegishli bo‘lgan nayzaning uchi bu joyning qadimiyligini tasdiqlaydi.Qarshovultepa yodgorlik majmuasi Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi “Do‘stlik” fermer xo‘jaligi hududida joylashgan.

Qarshovultepadan topilgan topilmalar shaharchada din erkinligi hukmronlik qilganidan darak beradi.

Ko‘rgazma 10 sentyabrgacha davom etadi

Manba: uza.uz

Kiritildi: 20:08 28.08.2018. O'qildi: 1352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik