Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Qarshidagi "roddom" salkam 2.5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi

Qarshidagi "roddom" salkam 2.5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi

“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirda Qarshi shahrida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi markazi Qashqadaryo viloyati filialida 4 dona chiller sovutish tizimini (quvvati 612.6 kVt) elektr tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasi manfaatiga 2 mlrd 182 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Kiritildi: 15:12 09.10.2024. O'qildi: 1192 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!