Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Qarshida YPX xodimasiga aylangan "Tik-tok"chi qiz va uning sherigi jazolandi

Qarshida YPX xodimasiga aylangan "Tik-tok"chi qiz va uning sherigi jazolandi

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ichki ishlar organlarining YHXB formasidagi qiz va yigitlarning videolavhasi atroflicha o‘rganib chiqildi.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, Qarshi shahrida yashovchi E.D., YA.SH., X.X.lar qonun bilan qo‘riqlandigan davlat organlari vakillarining harbiy, idoraviy va maxsus formali kiyim-boshini noqonuniy kiyib, videorolik tayyorlab ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan. Lekin bu holat qonunda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu ikkita videolavha yuzasidan to‘plangan hujjatlar yaqinda JIB Qarshi shahar sudida ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq faollari sodir etgan holat O‘z R. MjTKning tegishli moddalariga asosan, huquqbuzarlik sifatida malakalanib, YHXB formasidagi qiz E.D.ga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari va haydovchi va YHXB inspektori vazifasi bajargan yigitlar YA.SH. X.X.ga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 10:07 05.09.2021. O'qildi: 3231 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!