Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qarshida YPX avtomobili yonib ketdi

A A A
Qarshida YPX avtomobili yonib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qarshi shahrida GAI avtomashinasi yonib ketdi” sarlavhali videolavha tarqaldi. Voqea yuzasidan IIV YHXBB ma’lumot berdi.

Xabarda yozilishicha, 2020 yilning 18 dekabr kuni soat 16:50 larda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Mustaqillik ko‘chasida joylashgan viloyat hokimligi binosining ro‘parasida viloyat IIB YHXB YPX xodimi M.O. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli maxsus xizmat avtomobilining dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in tez fursatlarda bartaraf etilgan. Transport vositasining dvigatel va kapot qismi zararlangan.

Mazkur hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in sabablarga aniqlik kiritilmoqda.

Kiritildi: 10:55 20.12.2020. O'qildi: 3084 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik