Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Qarshida yong‘in: fuqaro olov ichida qoldi

Qarshida yong‘in: fuqaro olov ichida qoldi

Kuni kecha Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga soat 16:07 lar atrofida Qarshi shahar “Oydin” MFY hududidagi 38-uyda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Mazkur xabar yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruvchilari hodisa joyiga zudlik bilan yetib bordilar. Qutqaruvchilar tomonidan tezkorlik bilan olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida yong‘in o‘z vaqtida bartaraf etildi. Shuningdek, xaloskorlar voqea joyida qolib ketgan bir nafar fuqaroni ham qutqarib qoldilar.
 
Holatga aniqlik kiritilganda ushbu vaziyatning yuzaga kelishiga uy ichida bo‘lgan fuqaroning tamaki maxsulotini chekish oqibatida kelib chiqqanligi ma’lum bo‘ldi. 

Ayni paytda ko‘rilgan moddiy zarar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:52 06.07.2020. O'qildi: 3251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!