Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Qarshida ulkan bayroq qurilmaydigan bo‘ldi. Mablag‘ foydaliroq maqsadga sarflanadi

Qarshida ulkan bayroq qurilmaydigan bo‘ldi. Mablag‘ foydaliroq maqsadga sarflanadi

Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida o‘rnatilishi to‘xtatilgan bayroq ustuni qayta bunyod etiladi, degan mazmunda xabarlar tarqalgandi. Bunga munosabat tarzida Qarshi shahrida o‘rnatiladigan bayroq ustunining qurilish ishlari Qarshi shahar mahalliy byudjetining 2021 yilning III-chorak yakuni bo‘yicha daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan ajratilgan mablag‘lar hamda homiylik yordami hisobiga davom ettirilishi xabar qilingandi.

Qarshi shahar hokimligiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan bu masalaga viloyat hokimi e’tibor qaratib, shahar hokimi bilan kelishgan holda ulkan bayroq ustuni qurilmaydigan bo‘ldi.

Daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan qolgan mablag‘lar ichki yo‘llar ta’miri va kommunal sohalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Kiritildi: 10:39 22.11.2021. O'qildi: 2017 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!