Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Qarshida gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi​​​​​​​

Qarshida gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi​​​​​​​

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida joylashgan suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida portlash yuz berdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 8 iyun kuni soat 13:50 atrofida Qarshi tumanidagi «Chaman» mahallasi hududida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, maishiy gaz ballonlariga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida portlash yuz bergan.

Xabar kelib tushishi bilan voqea joyiga qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan yetib borgan. Ayni paytda portlash oqibatida kelib chiqqan yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq taqdim etilishini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 15:41. O'qildi: 456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!