Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Qarshida «avtomobil bozori» rahbarlarining kirdikorlari fosh bo‘ldi

Qarshida «avtomobil bozori» rahbarlarining kirdikorlari fosh bo‘ldi

Qarshida «avtomobil bozori» rahbarlarining noqonuniy faoliyati yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda «Daryo»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Qarshi shahar «Ixtisoslashtirilgan avtomobillar bozori» MCHJ rahbari B.A. va boshqalar 2015—2018 yillar va 2019 yilning 10 oyi davomida bozorda faoliyat yurituvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan undirilgan 3,5 milliard so‘m ijara to‘lovlarining 1,3 milliard so‘mini o‘zlarining shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatib, talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:02 21.01.2020. O'qildi: 3244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!