Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Qarshi shahar prokurori o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Qarshi shahar prokurori o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Ikki hamkasbi tomonidan pora bilan ushlanishi ehtimoli borligidan ogohlantirilganiga qaramay, Qarshi shahar prokurori o‘rinbosari DXX xodimlari tomonidan pora bilan ushlangan.

Ikki yuz ming so‘m pora bilan ushlangan farrosh, pora berishda ayblangan ayblanuvchi haydovchilar, pora bilan ushlangan Deputat, pora bilan ushlangan hokim hamda hokim o‘rinbosarlari va hakozolar haqida xabar bergan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bu jinoyatni sezmay qolishgan ko‘rinadi. Xabar berishgani balki biz eshitmaganmiz. Har tugul internet tarmog‘ida-yu, boshqa bosma nashlarda ham bu haqda qidirib topolmadik.

OAV va Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning rasmiy saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali pora oldi-berdisi haqida tezkor ma’lumotlar berib boriladi.

Negadir na IIV va na Prokuratura Qarshi shahar prokurori o‘rinbosarining pora bilan ushlangani haqida lom-mim demadi. Xabar bermadi, yozmadi.

“Jahon.uz” internet nashri qo‘lga kiritgan va ishonarli bo‘lgan ma’lumotlarda qayd etilishicha, Qarshi shahar prokurori o‘rinbosari F.F. pora olayotganda Qashqadaryo viloyati DXX hamda Prokuraturasi tezkor xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Unga nisbatan Qashqadaryo viloyati Prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismining “v”-bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Mikrokreditbank” ATB sobiq amaliyot bo‘limi boshlig‘i Djumayev Laziz Yunusovich va “Mikrokreditbank” ATB Qarshi shahar amaliyot bo‘limi boshlig‘i Xo‘janov Xurshid Nuriddinovichlarni Shahar prokurori o‘rinbosari o‘z xizmat xonasiga chaqirib tushuntirish xati olib va ularga nisbatan bo‘lgan materialni Qarshi shahar prokuraturasida mavjud “Mikrokreditbank” ATB viloyat filiali mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilayotgan tergov harakatlariga qo‘shib qo‘yishi haqida aytib ularni qo‘rqtigan.

Shu holatda bank xodimlari Prokuror va o‘zlarini umumiy tanishlari bo‘lgan P.P.ni topib masalada yordam berishlarini so‘ragan. Shunda P.P. bu masalani hal qilish uchun necha pul bera olishlarini va pulni berishsa F.F.ga uni yetkazib, ishni hal qilishda yordam berishini aytgan.

P.P. ishni hal qilish uchun 600 AQSh dollari olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ushlangan va u DXX viloyat boshqarmasi boshlig‘i nomiga ixtiyoriy ravishda pora talab qiluvchi F.F.ni ushlab berishi haqida ariza yozib bergan.

Shundan so‘ng tadbir davom ettirilib, Qarshi shahri prokurori o‘rinbosari P.P.dan pul olayotganda DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

“Jahon.uz” nashri qo‘lga kiritgan hujjatlardagi ayrim ma’lumotlar nafaqat bizni menimcha, barchani birdek uylantirib qo‘yishi aniq. “Na kulging keladi va na yig‘laging!”.

Sababi, Qarshi shahar prokurori o‘rinbosari pora bilan ushlanishidan avval o‘z hamkasblari tomonidan ikki marta ogohlantirilgan.

U o‘zining tanishi P.P.dan kelishilgan pulni pora sifatida olmoqchi bo‘lib oshxonaga borganida Qarshi shahar prokuraturasining Nodir ismli inspektori xizmat telefonidan uning ...-34-67 raqamli telefonimga qo‘ng‘iroq qilib “Tadbir bo‘layapti, ehtiyot bo‘ling” degan ekan.

Xuddi shu ogohlantiruvdan taxminan 10 daqiqalar o‘tib Qashqadaryo viloyat prokuraturasining ichki xavfsizlikni ta’minlash bo‘limi xodim SH.Haqberdiyev ham qo‘ng‘iroq qilib “Ehtiyot bo‘ling, tadbir bo‘lyapti”,-deb” aytgan ekan. (Xulosa o‘zingizdan)

Ana shu ogohlantiruvdan taxminan bir soat vaqt o‘tar-o‘tmas F.F. Qarshi shahridagi “Makro ” supermarketida oldida o‘ziga tegishli bo‘lgan davlat raqami 50 YE 353 SA bo‘lgan oq rangli “Lasetti” rusumli avtomashinada kelishilgan 500 (besh) yuz AQSh dollarini olayotgan vaqtda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlangan.

Kiritildi: 09:22 09.06.2019. O'qildi: 5976 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!