Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qandli diabetga chalingan bolalar sport bilan shug‘ullanishi mumkinmi?

Qandli diabetga chalingan bolalar sport bilan shug‘ullanishi mumkinmi?

— Har qanday yoshda bolalarning sport bilan shug‘ullanishi ularning sog‘lom ulg‘ayishiga katta yordam beradi, — deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi bo‘lim boshlig‘i Barno Odilova. — Biroq bunda ayrim tavsiyalarga amal qilish maqsadga muvofiq.

Misol uchun, 2-3 yoshda bolajonlarning suzish bilan shug‘ullanishi ancha foydali. Boisi bu vaqtda jismoniy yukka suvda bardosh berish oson. Faqat tanani qiynash kerak emas.

4 yoshda: sport raqslari, ushu, gimnastika
Sport raqslari bolani qayishqoq qiladi va boshqa sport turlarini boshlash uchun yaxshi asos hozirlaydi. Gimnastikada esa ular o‘z harakatlarini uyg‘unlashtirishni o‘rganadi.

4-5 yoshda: suzish, gimnastika, akrobatika
Bu yoshda suzishga alohida e’tibor berish kerak. Agar qizlar qobiliyatlarini namoyon qilsalar, bir yildan keyin sinxron suzishga borishlari mumkin.

5 yoshda: karate
Karate mashg‘ulotlarida bolalar diqqatni jamlash, o‘z energiyasini zarur oqimga yo‘naltirishga o‘rganadi.

6-7 yoshda: tennis, stol tennisi
Tennis va stol tennisi bolalar uchun eng foydali sport turlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, ular ko‘rish qobiliyatiga ijobiy ta’sir qiladi.

7 yoshda: badminton
Bu yoshda bolani tennisga berish yaramaydi. Avval badminton bilan shug‘ullansa, uning beli qotadi. Tezkorligi va tezligi oshadi. Bir yildan so‘ng esa tennisni boshlasa bo‘ladi.

Lekin, qandli diabetga chalingan va yurak faoliyati izdan chiqqan bemor bolalarga faqat davolash jismoniy tarbiyasi ruxsat etiladi.

Bundan tashqari, ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan bolalarga xokkey, futbol, basketbol, voleybol, shuningdek zarbli va kontaktli yakkakurash turlari tavsiya etilmaydi.

Bola surunkali tonzillit, sinusit, gaymorit, nafas yo‘llari kasalliklari bilan og‘rigan bo‘lsa, sportning “sovuq” turlari — chang‘i, konki, suzish bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.

Umurtqa pog‘onasida muammolar bo‘lgan bolalarga esa yengil atletika, tennis, badminton va velosiped uchish bilan shug‘ullanish maslahat berilmaydi.

Kiritildi: 11:37 03.05.2024. O'qildi: 1421 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!