Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Qanday odamga turmushga chiqishni xohlaysiz?

A A A
Qanday odamga turmushga chiqishni xohlaysiz?

Ko‘pincha qizlarga qanday odamga turmushga chiqishni xohlaysiz deb savol beraman.

Ular aytadiki:

"Chiroyli bo‘lsa, bo‘ylari baland bo‘lsa...",

"Boy badavlat bo‘lsa, uylari, yashash sharoitlari zo‘r bo‘lsa...",

"Sportsmen bo‘lsa, ering bormi desa, bor degudek bo‘lsa...",

"Eng oxirgi markalardagi mashinasi bo‘lsa...",

"Oliy ma’lumotli, ziyoli oiladan bo‘lsa...",

"Yolg‘iz meni desa, meni sevsa, va hech qachon xiyonat qilmasa, mendan keyin uylanmasa...",

"Yangi ko‘rganlardan emas, eski boylardan bo‘lsa, shaharlik bo‘lsa, to‘y sayohatiga chet elga olib borsa..." degan javoblarni eshitaman...

Ammo juda juda kamchilik qizdan "iymonli bo‘lsa, taqvoli bo‘lsa, namozlari tartibli bo‘lsa, ahli ilm bo‘lsa", degan so‘zni eshitdim...

Bular duru gavhar misoli juda kam ekan...

Men istagim, faqat dinimning yarmini barpo qiladiganim turmush o‘rtog‘ini so‘rayman Robbimdan...

Aël besh vaqt namozini o‘qisa, nomusini saqlasa, eri bilan yaxshi turmush kechirsa, o‘zi istagan eshikdan Jannatga kiradi.

Men ham Jannatga u bilan birgalikda kirishni istayman...

Men oilamda huzur xohlayman. Huzur esa Islomda... Sunnatda... Taqvoda... Tilovatda ...

Menga namoz o‘qish uchun kichkinagina xona, ichida mo‘’jaz kutubxonacha va yorug‘lik, ozgina mehr bo‘lsa kifoya... Uyining xashamati, ichidagi mebellarining men uchun ahamiyati yo‘q.

Dabdali to‘y, qizlar bazmi, yana qanchadan qancha keraksiz xarajatlar – bular barchasi o‘zini ko‘rsatish, ko‘z-ko‘z qilish uchun. Hozirgi kunda bo‘laëtgan to‘ylar gunoh uyasi bo‘lib ketgan.

Bu esa Islom dinimizga zid.

“Bir qo‘y so‘yib bo‘lsa ham ziëfat ber”

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhuga buyurganlari kabi sunnat amalni bajarishni istayman. Mahrimga esa imkoni bo‘lsa 40 ta, imkoni bo‘lmasa 4 donagina hadisni yoddan aytib bersa.

Dinida sobit bo‘lsa, ko‘zlari karohiyatdan saqlangan bo‘lsa, saxiy bo‘lsa, nochorlarga yordam qilishga shoshiluvchi, xulqi go‘zal bo‘lsa, yolg‘iz sevgani Robbisi bo‘lsa, amali Robbisining rizosi uchun bo‘lsa, mard bo‘lsa, sifatlarida af’ollarida odobida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlari ufurib tursa.

Balkim men bu sifatli insonga loyiq emasdirman. Ammo eng ko‘p sog‘inganim Robbimiz huzurida turmush o‘rtog‘im imomim bo‘lsa, orqasida men va bolalarimiz birga tursak. Kechalari Qur’on tilovati qilsak, Islom tarixidan, saodat asridan bahslar qilsak.

Farzandlarimizni dini uchun xizmat qiladigan sobitqadam, solih va soliha qilib tarbiyalasak. Men boshqa qizlarga o‘xshab xiyonat qilmasa demayman. Zero er ayolning mulki emaski, unga xojalik qilsa. Uning istagi va xohishiga ko‘ra 2, 3, va 4 tagacha uylanishida unga mone’lik qilmayman, va buni Sunnat deb hursandchilik bilan kutib olaman. Inshaa Alloh.

Albatta Oisha, Zaynab, Maryam, Ruqayya (va boshqacha ismlar bo‘lsa ham mayli...) singgari opa singillarim bo‘lsa, men xursandman. Har bir inson xato qiladi, men ham xato qilaman. O‘sha xatolarimni tuzatishimga shirin tili bilan ërdamchi bo‘lsa.

Oramizdagi Alloh uchun sevgi va hurmat kamaymasa va menga “Men sendan roziman. Alloh ham sendan rozi bo‘lsin”, desa... Bundan ortig‘i menga kerak emas. Men shuni orzulayman.

ROBBIM...

Ko‘nglimdagi istaklarimning xayrlilarini menga nasib et, ko‘nglimni menga xayrli bo‘lganga rozi qil.

Qalblarida mana shunday istaklari bor barcha mo‘min va mo‘minalarga o‘zlari xohlagandek juftni mukofot qilib ber.

Internet sarhadlaridan... 

Manba: azon.uz

Kiritildi: 23:41 02.09.2018. O'qildi: 4841 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik