Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Qamchiqda falokat: 2 nafar odam vafot etdi

Qamchiqda falokat: 2 nafar odam vafot etdi

Namangan. 2020 yil 08 iyul kuni soat 07:30 da Pop tumani hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Osh” avtomobil yo‘lning 223 kilometrida 28 yoshli J.J. boshqaruvida bo‘lgan sement yuklangan “ISUZU” rusumli avtomashinasini “Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, jarlikka ag‘darilib ketganligi oqibatida, avtomashina haydovchisi J.J. va yo‘lovchisi 23 yoshli SH.J., lar tan jarohatlari olib, hodisa joyida vafot etganlar.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:52 09.07.2020. O'qildi: 4440 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!