Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

“Qamchiq” dovonida “Spark” suv o‘tkazuvchi inshootga tushib ketdi

“Qamchiq” dovonida  “Spark” suv o‘tkazuvchi inshootga tushib ketdi

Joriy yilning 12-oktyabr kuni soat 18:30 larda “Qamchiq” dovonining 240 km. da “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakatlangan “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l tagidan suv o‘tkazuvchi inshootga tushib ketgan.

Zudlik bilan voqea joyiga “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari, Yo‘l-patrul xizmati va Tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelishgan.

Qutqaruvchilar tomonidan maxsus asbob-anjomlar yordamida avtomashinada bo‘lgan haydovchi va bir nafar yo‘lovchi chiqarib olinib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. Shundan so‘ng maxsus avtokran yordamida suv o‘tkazuvchi inshootdan avtomashina chiqarib olindi. Bu vaqtda YPX xodimlari yo‘l harakati xavfsizligini ta’minladilar. Qutqaruvchilarning tezkorlik bilan amalga oshirgan harakatlari natijasida ikki inson hayoti saqlab qolindi.

Hozirda shifokorlar tomonidan yengil tan jarohati olgan ikkila fuqaroga ham uyga javob berilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilardan dovon orqali harakatlanganda barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi.

Kiritildi: 18:14 13.10.2021. O'qildi: 2216 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!