Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

"Qamchiq" dovonida fojia sodir bo‘ldi. Vazirlik bayonot berdi

"Qamchiq" dovonida fojia sodir bo‘ldi. Vazirlik bayonot berdi

2020 yil 3 iyul soat 0634larda “Qamchiq” qutqaruv otryadi dispetcheriga kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra, A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 223 km da “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakatlangan “Nexia” rusumli d/r 40 B 093 GA bo‘lgan transport vositasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, shu yo‘nalishdagi  old tomonda harakatlanib ketayotgan “DAF” rusumli d/r 90 B 796 LA bo‘lgan yuk mashinasining orqasidan kelib, to‘qnashuv sodir etgan.

Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida “Nexia” rusumli avtomashina haydovchisi va yo‘lovchi o‘rta darajadagi tan jarohati olishgan.

Voqea joyiga zudlik bilan kichik serjant M.Boychayev boshchiligida 3 nafar qutqaruvchi yetib borib, yo‘l-patrul xizmati, tez-tibbiy yordam xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tan jarohati olgan haydovchi va yo‘lovchiga birinchi yordam ko‘rsatishgan.

Jabrlanuvchilar Angren shahar markaziy shifoxonasiga yuborilgan. 

Qutqaruvchilarimiz tomonidan o‘z vaqtida ko‘rsatilgan birinchi yordam natijasida 2 nafar fuqaroning hayoti saqlab qolindi.

Kiritildi: 14:48 03.07.2020. O'qildi: 7036 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!