«Qamchiq» dovoni hududida 19 ta qor ko‘chkisi aniqlandi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 12 fevral kuni taxminan soat 06:00-11:00 oralig‘ida Namangan viloyati «Qamchiq» dovoni hududida, 2000 metr balandlikda yog‘gan kuchli yog‘ingarchilik natijasida 6675 m3 hajmdagi 19 ta qor ko‘chkisi aniqlangan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida talafot ko‘rgan va jabrlanganlar yo‘q.
«Agentlik mutaxassislari tomonidan hududda ob-havo o‘zgarishining doimiy monitoringi olib borilmoqda», deyiladi «O‘zgidromet» xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 12 fevral kuni soat 13:00 dan A-373 Xalqaro avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovoni qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgani haqida xabar berilgan edi.