Ijtimoiy tarmoqlarda qadoqlangan pop-kornning ostki qismida kaltakesak aks etgan suratlar tarqaldi. Ushbu shov-shuvli suratlar quyidagi izoh ostida tarqatilmoqda.
«Xayrli kun, Baris. Iltimos, ushbu pop-korn ishlab chiqaruvchilarini anonim saqlashingizni so‘rayman. Biz ularga qo‘ng‘iroq qildik, ularning vakili yetib keldi va qadoqni olib ketmoqchi bo‘ldi, shunda ular tahdid qilishni boshlashdi. Biz nima qilishimiz kerak?»
Ishlab chiqaruvchilar ko‘ngilsiz voqea yuzasidan hozircha izoh bergani yo‘q. Kuzatamiz, qadoq ichiga sudralib yuruvchining qay tarzda tushib qolgani biz uchun ham qiziq!
Manba: hordiq.uz