Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Qabr toshini tayyorlab berishni va’da qilib, va’dasida turmagan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Qabr toshini tayyorlab berishni va’da qilib, va’dasida turmagan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Yunusobod tumani huquqni muhofaza qilish organlariga 54 yoshli Muxtabar I. murojaat qilib, 25 iyul kuni «Minor» qabristoni yaqinida marmardan qabr toshi yasab berishni va’da qilgan 31 yoshli Farg‘ona viloyatilik Boburjon U.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘radi.

Toshkent shahar IIBBga ko‘ra, o‘z xizmati uchun Boburjon U. Muxtabardan 7.500.000 so‘m olgan. Ammo ishni bajarmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Boburjon U. qo‘lga olindi, tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 14:36 30.10.2020. O'qildi: 1429 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!