Moskvada Rossiya prezidentlarining shaxsiy uchuvchisi Grigoriy Beloded 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda uchuvchining o‘g‘liga tayanib "Komsomolskaya pravda" xabar bermoqda.
Beloded "Rossiya" maxsus parvoz otryadida ekipaj komandiri sifatida ishlagan, u dastlab Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsinga xizmat qilgan, keyinchalik esa Vladimir Putinning bosh uchuvchisi bo‘lgan. O‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, 2005 yilda u osmonda parvoz qilishdan voz kechgan, ammo yerda faoliyatini davom ettirgan.
"Komsomolskaya pravda" xabariga ko‘ra, o‘lim to‘satdan paydo bo‘lgan. Belodedning o‘g‘li otasining vafotiga qadar yetib kela olmagan. U kvartirada otasining jasadini topgan. Shifokorlar hozircha o‘lim sababini aniqlashmagan.