Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Putinning oldida nega hurmatsizlik qilinganiga izoh berildi

A A A
Putinning oldida nega hurmatsizlik qilinganiga izoh berildi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov harbiy parad vaqtida ro‘y bergan hodisaga izoh berdi, o‘shanda qo‘riqlash xizmati xodimlari davlat rahbari Vladimir Putinga yaqinlashmoqchi bo‘lgan faxriyni siltab tashlashgandi.

«Bu, albatta, atayin qilinmadi. Prezident bundan keyin shunday vaziyatlarda istisno qilinishi lozimligiga e’tibor qaratdi», – deya Peskovning so‘zlarini keltiradi «Govorit Moskva» radiostansiyasi.

Putinning o‘zi ham bu hodisaga e’tibor qaratdi va keksa erkakning yoniga kelib, uning qo‘lini siqqan hamda Aleksandrovskiy bog‘idagi Noma’lum askar qabriga o‘zi bilan birga borishga taklif qilgan.

Manba: protoday.uz

Kiritildi: 06:30 13.05.2018. O'qildi: 1427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik