Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Putinning koronavirusga qarshi emlangani rad etildi

A A A
Putinning koronavirusga qarshi emlangani rad etildi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov davlat rahbari Vladimir Putin hali koronavirusga qarshi emlanmaganligini ma’lum qildi, deb aytmoqda «Govorit Moskva».

Avvalroq Telegramda Putin allaqachon koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

"Yo‘q. Bu to‘g‘ri emas ", - deya ta’kidlagan Peskov.

Uning aytishicha, Putin qachon emlansa, bu haqda ma’lum qiladi.

Dekabr oyida bo‘lib o‘tgan katta matbuot anjumanida Putin vaksinani o‘z yoshidagi odamlar uchun imkoni bo‘lgan paytda olishni rejalashtirayotganini ta’kidlagandi.

Kiritildi: 21:15 10.01.2021. O'qildi: 1775 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik