Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Putinning ehtimoliy vorisi ma’lum qilindi

Putinning ehtimoliy vorisi ma’lum qilindi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya prezidenti sifatida Vladimir Putinning vorisi bo‘lishi mumkin.

Bu fikr Xitoyning “Sohu” portalida e’lon qilingan maqola keltirildi.

Ta’kidlanishicha, maqola muallifi uslubi siyosiy maydonda Rossiya rahbariga juda o‘xshash 1970-yillarda tug‘ilgan Qodirovni "yangi siyosiy yulduz" deb atagan.

"U o‘ziga juda ishonadi ... Bir qator vaziyatlarda esa Putindan ham qattiqroq bo‘ldi. Ko‘p yillar davomidagi siyosiy tajribasidan kelib chiqqan holda Ramzan Putinning xatti-harakatlarini to‘g‘ri deb biladi. Bu yo‘nalishdagi uslubi esa Putinnikiga juda o‘xshash, ba’zida esa hatto Putin uslubini o‘rganadi", deyiladi maqolada.

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, Qodirovga Rossiya prezidentining "hech qachon AQShga bosh egmasligi" va "ularga qarshi javob bera olishi" yoqadi.

Maqolada aytilishicha, Checheniston Rossiyaga "katta muammolar" olib kelgan, ammo Putin hokimiyatga kelgach, bu muammoni hal qilgan. Jurnalist respublikadagi hokimiyatning Qodirovga o‘tishini bunda eng muhim deb atamoqda. Qodirov, uning fikriga ko‘ra, chechenlarni kuchli jamoaga aylantirgan va Rossiyaning boshqa xalqlari bilan birlashtirgan.

"Qodirov maqomining ko‘tarilishi uning Putinga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirmadi. U boshida bo‘lgani kabi Putinni hurmat va himoya qiladi. U bir vaqtlar jamoatchilikka Rossiya bilan oldinga borishini va orqaga chekinishini, shuningdek, prezident bilan birgalikda qarshilik ko‘rsatishini aytgan", deyiladi maqolada.

Kiritildi: 22:48 21.11.2020. O'qildi: 11688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!