Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Putinning "dushman"i qamoqdan kasalxonaga ko‘chirildi

A A A
Putinning "dushman"i qamoqdan kasalxonaga ko‘chirildi

Navalniyning holati haqida atroflicha ma’lumot berilmagan, ammo uning vakilining so‘zlariga qaraganda Alekseyda alergiya kuzatilib, yuzida shishlar paydo bo‘lgan. Rossiya OAVlariga berilgan xabarga ko‘ra, uning ahvoli qoniqarli.

Oldin ham Navalniyga muolaja qilgan ko‘z shifokorining aytishicha, u kimyoviy moddadan jarohatlangan bo‘lishi mumkin.

Navalniy shanba kuni bo‘lib o‘tgan norozilik chiqishiga da’vat qilgani uchun 30 kunga qamoqqa olingan edi.
Muxolifat nomzodlariga kelgusi mahalliy saylovlarda ishtirok etishni taqiqlashga qarshi namoyishlar paytida 1000 dan ortiq kishi hibsga olingan.

Evropa Ittifoqi namoyishchilarga qarshi ortiqcha kuch ishlatilganini tanqid qilib, so‘z, uyushma va yig‘ilish erkinliklariga «putur yetkazildi», deb hisobladi. Matbuot kotibi Kira Yarmishning tvitterda Navalniy oldin hech qachon allergik reaksiyaga uchramaganini yozgan. Uni ilgari davolagan oftalmolog, Navalniyni ko‘rishga uringanida, u va uning hamkasbi shifoxona tomonidan rad etilganini aytdi. Biroq, Anastasiya Vasileva, uning yuzini eshik orqali ko‘rganidan so‘ng, u kimyoviy moddalar bilan yaralangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Navalniy Rossiyada 2011 yilning qishida Prezident Vladimir Putinga qarshi eng yirik ko‘cha namoyishlarini boshqargan korrupsiyaga qarshi faol sifatida tarixda qoldi.
U ruxsat etilmagan namoyishlarda ishtirok etgani uchun bir necha bor qamoqqa tushgan. Firibgarlik ayblovi esa unga 2018 yil prezident saylovlarida Vladimir Putinga qarshi chiqishga yo‘l qo‘ymadi.

Kiritildi: 14:05 29.07.2019. O'qildi: 2309 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik