Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Putinning 1990 yillardagi tashrif qog‘ozi ausionda qanchaga sotilgani ma’lum qilindi

Putinning 1990 yillardagi tashrif qog‘ozi ausionda qanchaga sotilgani ma’lum qilindi

1990 yillarda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga tegishli bo‘lgan tashrif qog‘ozi Sankt-Peterburgdagi elektron ausionda ikki million rublga sotildi.

1990 yillar boshida xalq deputatlari Leningrad shahar kengashi raisining xalqaro aloqalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlagan Putinning tashrif qog‘ozi sotuvga qo‘yildi. Unda bir nechta telefon raqamlari Putin qo‘li bilan yozilgan.

Vizitkaning boshlang‘ich narxi ming rubl edi. Savdo boshlanishidan besh soat oldin maksimal taklif 200 ming rublga yetgan. Yakunda Putinning tashrif qog‘ozi ikki million rublga sotib olindi.

Ausion saytida kim oshdi savdosi g‘olibi haqida ma’lumot berilmagani uchun aynan kim bu narsaning xaridoriga aylangani noma’lum.

Kiritildi: 10:59 25.12.2023. O'qildi: 2821 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!