Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Putinni «quvib yuborish»ga bel bog‘lagan shaman Chitada miting o‘tkazib, Moskvaga yo‘l oldi

Putinni «quvib yuborish»ga bel bog‘lagan shaman Chitada miting o‘tkazib, Moskvaga yo‘l oldi

Prezident Vladimir Putinni «quvib chiqarish» maqsadida piyoda Moskvaga yo‘l olgan yoqutistonlik shaman Aleksandr Gabishev birinchi yirik shaharga yetib keldi, deb yozadi «Sneg.tv».

Chitada jangchi shaman odamlar soni bo‘yicha mahalliy rekordni o‘rnatgan mitingni to‘pladi. Turli manbalarga ko‘ra, 300 dan 700 nafargacha kishi shahar maydoniga shaman bilan uchrashish uchun yig‘ilgan.

Norozilik mitingini tashkillashtirishda shamanga RFKPning hududiy bo‘linmasi va «Grajdanskaya solidarnost» tashkiloti yordam berdi, aksiya «Putinsiz Rossiya» shiori ostida o‘tdi.

«Menga xudo Putinning odam emas, shayton ekanligini va men uni quvib yuborishimni aytdi. Va mana, men uni quvish uchun ketyapman. Hozircha tinch usullar — xalq majlislari, mitinglar bilan. Agar bular yordam bermasa, boshqa usullar ham bo‘ladi», — dedi Gabishev norozilik aksiyasida.

Shaman Rossiyada to‘g‘ridan to‘g‘ri xalq hokimiyati o‘rnatilishi, Putin esa iste’foga chiqishi kerak, degan qat’iy fikrda.

U keyingi manzil — Buryatiya poytaxti Ulan-Udega yo‘l oldi.

Kiritildi: 20:30 14.07.2019. O'qildi: 3543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!