Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Putinga yetkazildi! Rossiya qurilishlarida migrantlar yetishmayapti

Putinga yetkazildi! Rossiya qurilishlarida migrantlar yetishmayapti

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin Rossiya prezidenti Vladimir Putindan qurilishda ishchi kuchi yetishmasligi masalasini ko‘rib chiqishni iltimos qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

“Shu bilan birga mehnat resurslari, jumladan, xorijiy ishchi kuchi yetishmasligi tufayli dekabr oyida uy-joylarni foydalanishga topshirish bo‘yicha xatarlar mavjud”, - dedi u Davlat kengashi yig‘ilishida.

Bosh vazir o‘rinbosari ushbu muammo, ayniqsa, Moskva mintaqasida o‘ta kuchli sezilayotganini ta’kidladi.

“Bu masala yuzasidan sizning topshirig‘ingiz ishlab chiqilishi va uni yil boshida alohida yig‘ilishda ko‘rib chiqilishini iltimos qilaman”, - dedi Marat Xusnullin.

Xusnullinning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat tufayli mamlakatda birinchi yarim yillikda uy-joylarni foydalanishga topshirish taxminan 10 foizga, ipoteka bo‘yicha esa 17 foizga tushib ketgan. 

Kiritildi: 18:10 23.12.2020. O'qildi: 4600 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!