Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Putin yangi topshiriq berdi

A A A
Putin yangi topshiriq berdi

RF prezidenti Vladimir Putin IIV va Mehnat vazirligiga Rossiyada ishlash va yashashni maqsad qilgan, rus tilini yaxshi egallagan xorijiy fuqoro va fuqoroligi bo‘lmagan shaxslarga vaqtincha yashash va yashash uchun beriladigan ruxsatnomalarni rasmiylashtirilishi soddalashtirilishi borasida farmoyish berdi. Tegishli farmoyish 26 iyun kuni Kreml saytida e’lon qilindi.

«Ichki ishlar vazirligi Mehnat va ijtimoiy muhofaza vazirligi bilan hamkorlikda Rossiyada ishlash va yashashni maqsad qilgan, rus tilini yaxshi egallagan xorijiy fuqoro va fuqoroligi bo‘lmagan shaxslarga vaqtincha yashash va yashash uchun beriladigan ruxsatnomalarni rasmiylashtirilishi soddalashtirilishi borasida zarur choralarni ko‘rsin», — deyiladi hujjatda.

Farmoyish bajarilishining muddati 2018 yilning 31 avgustigacha deb belgilangan.

Bundan avval Rossiya IIV rahbarining o‘rinbosari Igor Zubov bayonot berib, o‘z idorasi Rossiya fuqoroligini berish jarayonlari soddalashtirilishi ustida ish olib borayotganini ma’lum qilgan edi. Mahalliy OAVning ta’kidlashicha, «bu choralar birinchi navbatda Ukraina hududlaridan kelgan qochqinlarga nisbatan joriy qilinadi».

Manba: zamin.uz

Kiritildi: 13:57 28.06.2018. O'qildi: 1565 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik