Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Putin: Xalqaro savdo inqiroz holatida

Putin: Xalqaro savdo inqiroz holatida

Xalqaro savdo inqiroz holatida, Rossiya iqtisodiyotini yangi bozorlarga yo‘naltirmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi XVIII mintaqalararo hamkorlik forumi ishtirokchilariga murojaatida ta’kidladi.

“Xalqaro savdo inqiroz holatida. Shuni hisobga olgan holda Rossiyada eksport-import operasiyalarini yangi bozorlarga yo‘naltirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda”, - dedi Putin.

Rossiya rahbari ikki mamlakat turli sohalarda, jumladan, yuqori texnologiyali sohalarda hamkorlikda ishlash uchun keng istiqbolga ega ekanligini ta’kidladi.

U, shuningdek, Rossiya Qozog‘iston iqtisodiyotiga eng yirik sarmoyadorlardan biri bo‘lgan va shunday bo‘lib qolayotganini eslatib o‘tdi – umumiy sarmoya miqdori qariyb 17 milliard dollarga baholanmoqda.

“Iqtisodiyotning barcha muhim tarmoqlarida istisnosiz 30 dan ortiq yirik investisiya loyihalari amalga oshirilmoqda”, - dedi Putin.

U, shuningdek, Qosim-Jomart Toqayev prezidentlikka qayta saylanganidan so‘ng ilk tashrifini Rossiyaga qilganini ta’kidladi. Putin bu safarni o‘ziga xos deb atadi, uning so‘zlariga ko‘ra, bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning xususiyatiga urg‘u beradi. Toqayev ham o‘z tashrifini ramziy deb atadi va uning siyosiy ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

Ma’lumot uchun, bu yilgi forum Orenburgda bo‘lib o‘tmoqda va u xalqaro savdodagi infratuzilma cheklovlarini olib tashlashga bag‘ishlangan. Muhokamalarda hukumat, biznes va ekspert doiralari vakillari ishtirok etmoqda.

Kiritildi: 06:19 29.11.2022. O'qildi: 2314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!