Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Putin va Zelenskiy so‘nggi bor qachon gaplashishgan?

Putin va Zelenskiy so‘nggi bor qachon gaplashishgan?

Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti Vladimir Putin so‘nggi bir necha yil davomida ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan muloqot qilmaganini aytdi.

Kreml veb-saytiga ko‘ra, Putin va Zelenskiy 2020 yilning fevral va iyul oylarida telefon orqali suhbatlashgan.

Shundan so‘ng ikki yetakchi o‘rtasidagi aloqalar haqida ma’lumot berilmagan.

“RIA Novosti”ning bir necha yillardan beri Putin va Zelenskiy o‘rtasida shaxsiy yoki telefon suhbatlari bo‘lmagani haqidagi bayonot rostmi, degan savoliga Peskov ijobiy javob berdi.

- To‘g‘ri, - dedi u.

Kiritildi: 07:11 25.01.2023. O'qildi: 4248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!