Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi.
Bu haqda Report nashri rossiyalik ommaviy axborot vositalarga tayanib xabar berdi. Ma’lumotni Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga tasdiqladi.
Suhbatning mazmuni haqida hozircha batafsil ma’lumot berilmadi.