Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qildi juma kuni Kreml matbuot xizmati.
“Ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilib, savdo-iqtisodiy sohada o‘zaro manfaatli aniq loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi”, — deyiladi xabarda.
Matbuot xizmatining xabar berishicha, “Vladimir Putinning xorijiy davlat rahbarlari bilan, jumladan Tehrondagi so‘nggi muloqotlarini inobatga olgan holda xalqaro kun tartibidagi bir qator mavzular yuzasidan ham fikr almashildi”.
“Rossiya-Belarus sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini izchil mustahkamlash niyati tasdiqlandi”, — deyiladi xabarda.
Oliy darajadagi muntazam muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.