Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Putin o‘z ishchanligining siri bilan bo‘lishdi.

A A A
Putin o‘z ishchanligining siri bilan bo‘lishdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Stavropol o‘lkasida agrarchilar bilan uchrashuvda o‘z ishchanligining siri bilan bo‘lishdi.

Putin bosh vazir Dmitriy Medvedev bilan birga “Rassvet” qishloq xo‘jaligi korxonasining olma bog‘lariga tashrif buyurdi. 

Ishchilardan biri Putin bunday tig‘iz jadvalga ega bo‘lishiga qaramay, qanday qilib ular bilan tushlik qilishga vaqt topgani haqida qiziqqan. 

“Men nega bu yerga keldim? Tushlik qilgani-ku!”, deb hazillashgan Putin.

“Eng yaxshi kuch – siz kabi odamlar bilan muloqot qilish. Buni hech qanday mubolag‘asiz aytmoqdaman. Bu rost gap. Nima bo‘layotganini, hammasi o‘ngidan kelayotgan, yaxshi natijaga ega biror ish qilayotgan odamlarni ko‘rganingda har doim qo‘shimcha kuchlar keladi. Bu bizning ham yutuqdir, shu sababli har doim shunday g‘ayrat keladi”, deb aytgan Putin.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 01:00 10.10.2018. O'qildi: 1373 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik