Ushrashuv davomida Rossiya Yaqin Sharqdagi vaziyatni hal qilishda Eronga yordam berish uchun barcha choralarni ko‘rishga tayyor, dedi Putin hamkasbiga. Ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikka kelsak, u imzolangan kelishuv asosida muvaffaqiyatli rivojlanmoqda va mustahkamlanmoqda, dedi u.
Rossiya Prezidenti bayonotlaridagi asosiy jihatlar:
- Eron Yaqin Sharqda avj olgan mojaroga barham berish yo‘lida jiddiy sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda; Rossiya bundan xabardor.
- Rossiya va Eron o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2025 yilda 21 foizdan ko‘proqqa o‘sdi va bu tendensiya joriy yilning dastlabki yetti oyida ham davom etdi.
- Moskva va Tehron o‘rtasidagi munosabatlar ijobiy rivojlanmoqda. Rossiya Prezidenti Mo‘jtabo Xomanaiyga o‘zining samimiy tilaklarini yetkazishni so‘radi.
Davlat rahbarlari shuningdek, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va savdo sohalarda iqtisodiy va strategik hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti 9 oktyabr kuni MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi va Kaspiy ekologik sammitida ishtirok etish uchun 8 oktyabr kuni Turkmanistonga yetib kelgan edi. Tadbirlar Kaspiy dengiz sohilidagi Avaza milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadi.